Sovutgich uskunasi — oshxonaning kun-u tun to‘xtamaydigan yagona qismi. Noto‘g‘ri tanlangan sovutgich yozda haroratni ushlay olmaydi, mahsulot buziladi va elektr ko‘p sarflanadi. Avval qaysi turi kerakligini aniqlang.
1. Sovutgich turlari
| Turi | Nima uchun |
|---|---|
| Sovutgich shkafi | Asosiy zaxira: go‘sht, sut, sabzavot, tayyor mahsulot |
| Sovutgichli stol | Ish stoli + pastida sovutgich — oshpaz qo‘l ostida |
| Saladetta | Salat, pitsa, shaurma yig‘ish: tepada sovutilgan gastroyomkostlar |
| Sovutish kamerasi + monoblok/split | Katta hajm: go‘sht, sabzavot partiyalari |
| Shok-muzlatish shkafi | Tayyor taom va yarim tayyor mahsulotni tez sovutish va muzlatish |
| Muzlatgich sandiq | Muzlatilgan mahsulotni arzon saqlash |
| Sovutgichli vitrina | Ichimlik va mahsulotni mijozga ko‘rsatish |
2. Harorat rejimi
- O‘rta harorat (0…+8 °C) — sovutilgan mahsulot: go‘sht, sut, sabzavot.
- Past harorat (−18 °C va past) — muzlatilgan mahsulot.
- Kombinatsiyalangan — ikki bo‘lim, kichik oshxona uchun qulay.
3. Toshkent sharoiti uchun muhim
- Iqlim klassi — yozda oshxonada +35…40 °C bo‘ladi. Issiq xona uchun mo‘ljallangan (tropik iqlim klassi) modelni tanlang.
- Ventilyatsiyali sovutish — harorat bir tekis, eshik tez-tez ochilganda tez tiklanadi.
- Kompressorni pech, frityur va plitadan uzoqroq qo‘ying va atrofida havo aylanishi uchun joy qoldiring.
- Elektr kuchlanishi o‘zgarib tursa — stabilizator qo‘ying.
Ko‘p kafelar bitta katta shkaf o‘rniga ish joyiga yaqin sovutgichli stol va alohida zaxira shkafi oladi: oshpaz kam yuradi, eshik kam ochiladi, harorat barqaror.
4. Hajmni qanday tanlash
Hajm mahsulot qanchalik tez-tez keltirilishiga bog‘liq: har kuni yetkazib berilsa, kichikroq hajm yetadi; haftada bir-ikki marta bo‘lsa — kattaroq. Shkaflar odatda 500, 700 va 1400 litr bo‘ladi; zaxira katta bo‘lsa, Sovutish va muzlatish kamerasi Toshkentda ko‘pincha shkaflardan arzonroq tushadi.
5. Eshik va korpus
- Metall eshik — sovuqni yaxshiroq ushlaydi, oshxona uchun.
- Shisha eshik — mahsulot ko‘rinadi, zal va bar uchun.
- Ichki qismi zanglamas po‘latdan — gigiyenik va oson yuviladi.
- Gastroyomkost (GN 2/1) o‘lchamiga mos javonlar — oshxonada qulay.
Restoran oshxonasi uchun to‘liq ro‘yxat — restoran va kafe oshxonasi to‘plami.
Ko‘p beriladigan savollar
Kafe uchun qanday sovutgich kerak?
Odatda o‘rta haroratli shkaf, past haroratli shkaf yoki sandiq va ish joyida sovutgichli stol yoki saladetta.
Iqlim klassi nima va nega muhim?
Bu sovutgich qanday xona haroratida normal ishlashini bildiradi. Yozda issiq oshxona uchun tropik klassli model tanlang.
Sovutish kamerasi qachon foydaliroq?
Zaxira katta bo‘lsa — bir nechta shkaf o‘rniga kamera ko‘pincha arzon va qulayroq.
Savolingiz bormi?
Telegramda yozing yoki +998 20 029 47 79 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling — mos modelni tanlab, narxini aytamiz.







